KIRXGOF QOIDALARI
KIRXGOF QOIDALARI — tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qoʻyilgan e. yu. k,lar boʻyicha aniqlashga imkon beruvchi qoidalar. Oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi oʻzgarmas tok yoki kvazistatsionar tok (sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchi tok)lar va kuchlanishlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 1847-y. da G. R. Kirxgof aniqlagan.
Ensiklopediya.uz
KIRXGOF QOIDALARI