KIANIT

KIANIT

KIANIT (yun. ruapos-toʻq koʻk, havorang) , d i sten — kristalli slaneslarga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4]. Triklin singoniyali, kri-stali ustunsimon yoki taxtasimon. Aralashmalari Fe (1% gacha), Sg (1,2%), Ti (0,04%). Rangi oqsan toʻq koʻkishyashilgacha. Zangori, koʻk, kulrang ham boʻladi. Kumir yoki gil jinslari aralashgan Kianit qora boʻladi. Shishadek yaltiroq, qattiqligi turlicha (4,5 dan 7,5 gacha), zichligi 3560—3680 kg/m3. Giltuproqqa boy choʻkindi jinslarning katta bosim zonasida metamorfizlanishidan hosil boʻladi, granitli pegmatitlarda A12O3 ga boy jinslarning assimilyatsiyasidan vujudga keladi. Koʻpincha stavrolit, andaluzit bilan birga uchraydi.

Ensiklopediya.uz
KIANIT