QISSA

QISSA

QISSA — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi Qissa tushunchasi yoʻq, nasrning romandan boshqa barcha janrlari «novella» termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida Qissaning hoz. va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Mas, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (Q) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar q. deb yuritilgan. Mas, «Qissai Sayfulmuluk», «Qisasi Rabgʻuziy» va b. Hoz. maʼnodagi oʻzbek Qissasi rus adabiyotidagi «povest» terminiga toʻgʻri keladi va, asosan, roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.

Ensiklopediya.uz
qissa