QIZILQIR

QIZILQIR

QIZILQIR — neolit, jez davriga mansub arxeologik yodgorliklar majmuasi. Vobkent daryosining qad. adogʻi, Buxoro sh. dan 40 km shim.-gʻarbda joylashgan. 1953-y. da Ya. Gʻ. Gʻulomov tomonidan qayd etilgan. 1953—60 y. larda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tining Mohondaryo arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan arxeologik qazishmalar oʻtkazilgan . Tadqiqotlar natijasida Qizilqir arxeologik majmuasi 4 davrga mansub 4 ta yodgorlivdan iboratli-gi aniqlangan. Ulardan davr jihatdan eng qad. si neolit davri (mil. av. 4—3-ming yillik)ga oid manzilgoh va mik-rolit (mayda tosh) qurollar yasash us-taxonasining oʻrni boʻlgan. Yodgorlik sahnidan qoʻplab chaqmoqtosh, aqiq, oq xalsedon va shaffof tosh jinslaridan ishlangan mikrolit qurollar qayd etilgan. Ular Kaltaminor madaniyatish xosdir.

Ensiklopediya.uz
QIZILQIR