KARTING

KARTING

KARTING (ing. carting) — kartlar (osma qurilmasiz, kuzovi yoʻq jajji avtomobillar)da oʻtkaziladigan sport poygasi. Karting yoʻllari xar xil (koʻpincha, kichik) radiusli oʻng va soʻl burilishlari soni koʻp boʻlgan murakkab shakli bilan ajralib turadi; yoʻlning uzunligi, Xalqaro avtomobil federatsiyasi talablariga binoan 400 m dan 1200 m gacha, kengligi 6 m dan 10 m gacha boʻladi. Toʻgʻri yoʻlning uz. 100 m dan oshmaydi. Toʻgʻri yoʻdda kartlarning tezligi soatiga 150 km gacha boradi. Karting 1950-y. lar oʻrtasi AQSHda paydo boʻldi. 1959-y. dan Karting boʻyicha jahon chempionati musobaqalari oʻtkazib kelinadi (yana q. Avtomobil sporti).

Ensiklopediya.uz
KARTING