KARRALI YULDUZLAR

KARRALI YULDUZLAR

KARRALI YULDUZLARosmon sferasida bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan 3 yoki undan ortiq yulduzlar sistemasi. Karrali yulduzlar aʼzolari oʻzaro gravitatsion bogʻliq boʻlib, umumiy massa markazi yoki asosiy bosh yulduz atrofida harakatlanadi. Qoʻshaloq yulduzlardan 1/3 aslida Karrali yulduzlardan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Aʼzolari soni 6 — 7 ta boʻlgan Karrali yulduzlar topilgan. Karrali yulduzlar tarkibiga fizik oʻzgaruvchan va rentgen yulduzlarining kirishi katta amaliy ahamiyatga ega, bu bilan ularning massalarini aniqlashga imkon beradi. Karrali yulduzlarni birinchi marta 17-asrda ingliz olimi V. Gershel kashf etgan va 1784-y. 700 Karrali yulduzlarni oʻz ichiga olgan jadvalni tuzgan. Bunday yulduzlardan 30000 tasi maʼlum (2002). Karrali yulduzlarning hammasini ham teleskoplar yordamida ajratib koʻrib boʻlmaydi. Bunday yulduzlarning baʼzilari ravshanligini oʻzgartirib turadi. Ravshanligining oʻzgarib turishiga yoki spektridagi chiziqlarning davriy siljishlariga (yoʻldosh yulduzning markaziy yulduzni toʻsib oʻtishi sababli) qarab bir-biriga nihoyatda yaqin joylashgan Karrali yulduzlar aniqlanadi. KAPPEP (Karrer) Paul (1889.21.4 – Moskva — 1971.18.6) — shveysar organik kimyogari va biokimyogari. Syurix unti prof. (1918-y. dan), shu un-t rektori (1950—52), faxriy prof. (1959-y. dan).

Ensiklopediya.uz
KARRALI YULDUZLAR