QABR

QABR

QABR, goʻr — marhumni dafn etish uchun tayyorlangan maxsus joy. Qabr har bir xalqning urf-odati, yashaydigan geografik muhiti, kishilarning tabiiyilmiy tasavvurlari, diniy eʼtiqodlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Oʻliklarni koʻmadigan xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda ham Qabrning lahad, kamin, tik chuqur va sagʻana tiplari bor. Aksariyat yer osti suvlari chuqur boʻlgan qurgʻoq joylarda lahad qaziladi. Lahad tipidagi Q. Oʻzbekistonda bundan 3500 yil ilgarigi jez davri qabristonlarida ham uchraydi.

Ensiklopediya.uz
QABR