KATTA OʻYIN
KATTA OʻYIN — Fargʻona raqs maktabiga xos qad. professional mumtoz raqs turkumi va ijro usuli. Ulkan syujet, hayotbaxsh chuqur mazmunga ega boʻlgan Katta oʻyin turkumidagi raqslarda lirik, qahramonlik va hayotiy mavzular aks ettirilgan. Katta oʻyinda har biri alohida mazmun va ijrochilik uslubiga ega boʻlgan 60 dan ortiq raqs usuli mavjud boʻlib, ular asrlar davomida takomillashib borgan. Bizgacha bir necha usuli yetib kelgan: dildir, qoʻshqars, yakkaqars, oʻtish qismi, shoh, oqsatma, gul oʻyin, jilva rezi, ducharx, duchava, chorqars, usuli haqqoniy, zang oʻyin va b.
Ensiklopediya.uz
KATTA OʻYIN