KASANACHILIK

KASANACHILIK

KASANACHILIK — hunarmandlarning mehnat shartnomalari asosida yollanib oʻz uyida ishlashi, yashash joyida i. ch. yoki xizmat koʻrsatish. Kasanachilikda maxsus tashkilot va korxonalar b-n kelishuv, shartnoma asosida buyurtmalar bajariladi. Jamiyatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qushimcha daromad topish, ish vaqtining qatʼiy belgilanmaganligi, maxsus binolarga ehtiyoj boʻlmasligi va b. K. ning iqtisodiy samaradorligini taʼminlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda Kasanachilik keng koʻllaniladi. AQSHda Kasanachilik usulida ishlaydiganlar soni 5mln. kishidan ortiq (2000). Yaponiyada hatto elektrotexnika, elektronika, turizm kabi tarmoqlarda ham keng qoʻllaniladi. Kasanachilikda mehnat faoliyati toʻla boʻlmagan ish kuni turiga kiradi.

Ensiklopediya.uz
KASANACHILIK