KARAVAJIZM
KARAVAJIZM — 1) 17-a. Yevropa rangtasviridagi realistik yoʻnalishning ilk shakllanish davriga xos badiiy vositalar tizimi. Bu tizimga (ayniqsa, italiyalik rassom Karavajo ijodida yaqqol namoyon boʻlgan) demokratik badiiy ideallar, uni haqqoniy va hayotiy aks ettirishga intilish, asarda jonli harakat holati, tasvirlanayotgan jiyemga qiziqish, nursoya qarama-qarshiligiga urgʻu berish, mavzuga mahobatlilik baxsh etish kabi xususiyatlar xos. Karavajizm 17-a. Yevropa rassomlari (Rembrandt, P. Rubens va b.) ijodida muhim rol oʻynadi;
Ensiklopediya.uz
KARAVAJIZM