KAPITALIZM

KAPITALIZM

KAPITALIZM — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida Kapitalizm — erkin tadbirkorlik tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, Kapitalizmning hoz. davri esa — «aralash iqtisodiyot», «postindustrial jamiyat», «axborot jamiyati» va b. sifatida taʼriflanadi. Marksizmda Kapitalizm — i. ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, deb talqin etiladi.

Ensiklopediya.uz
KAPITALIZM