KANALAR

KANALAR

KANALAR (Acarina) — oʻrgimchaksimonlar sinfiga mansub mayda boʻgʻimoyoqlilar. 3 turkumga boʻlinadi: akariformli Kanalar (Acariformes), parazitformli Kanalar (Parasitiformes) va pichanoʻrar Kanalar (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki choʻziq (uz. 0,1—0,30 mm), aksariyati boʻgʻimlarga boʻlinmagan. Tanasi, odatda, 2 kiyem: ogʻiz apparati joylashgan oldingi — giatosoma va oyoqlari joylashgan orqa qism — idiosomadan iborat. Kanalar hasharotlardan 4, baʼzilari esa 2 juft oyoqlari boʻlishi, tanasining bosh, koʻkrak va qorin qismga boʻlinmasligi, moʻylovlari boʻlmasligi b-n farqlanadi. Tanasi yashash sharoitiga koʻra, tiniq yoki juda zichlashgan muskulli qoplamga ega. Barcha Kanalar ayrim jinsli boʻlib, koʻpchiligi tuxum qoʻyib koʻpayadi. Oziqlanish tipiga qarab 3 guruhga boʻlinadi: oʻsimlikxoʻrlar, yirtqich Kanalar va parazit K. Baʼzi Kanalar oʻsimlik qoldiqlari b-n (saprofaglar) oziqlanib, tuproq hosil boʻlish jarayonida muhim rol oʻynaydi (mas., Oribalidae oilasiga mansub qalqonli Kanalar va AcaroideaHHHr vakillari); boshqalari oʻsimlik shirasi bilan (fitofaglar) oziqlanib, q. x. ekinlariga katta zarar keltiradi (maye., Tetranychidae oilasining turlari); ayrimlari sodda zamburugʻlar bilan oziqlanadi (mikofaglar) hamda parazit Kanalar hayvonlari va odamga zarar yetkazadi (Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae va b. oiladagi Kanalar). Tabiatda zararli Kanalar b-n bir katorda foydalilari ham (entomofag Kanalar) boʻlib, q. x. zararkunandalarining koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi.

Ensiklopediya.uz
KANALAR