KORDILYERA TOGʻLARI

KORDILYERA TOGʻLARI

KORDILYERA TOGʻLARI — Yer sha ridagi eng uzun togʻ sistemasi. Shim. va Jan. Amerikaning gʻarbiy chekkasi boʻylab, shim. da Arktikaning Alyaska qirgʻogʻidan jan. da Olovli Yer arxipelagining jan. gacha choʻzilgan. Oʻz. 18 ming km dan ziyod. Kordilyera togʻlari materikning sharqidagi tekisliklar b-n. Tinch okean oʻrtasidagi suvayirgʻich hamda tizmalarning har ikki tomonida joylashgan mamlakatlar oʻrtasidagi iqlim chegarasidir. Kordilyera togʻlari Himolay va Markaziy Osiyodagi togʻlardan pastroq. Eng baland choʻqqilari: Shim. Amerikada — MakKinli togʻi (Alyaskada), 6193 m, Jan. Amerikada — Akonkagua togʻa, 6960 m.

Ensiklopediya.uz
KORDILYERA TOGʻLARI