KONSENTRAT OZUQALAR

KONSENTRAT OZUQALAR

KONSENTRAT OZUQALAR, konsentratlar — tarkibidaozuqa moddalar miqdori yuqori boʻlgan yemlar Ozuqa moddalari tarkibiga koʻra K. o uglevodli (kraxmal va qandga boy boʻlgan suli, arpa, makkajoʻxori doni tegirmon k-tlari chiqindilari, uzum, qand lavlagi turpi, barda va b.) va proteinli (dukkaqli don ekinlari doni, kunjara, shrot, goʻsht, goʻsht-suyak, qon va baliq unlari) guruhlarga boʻlinadi. 1 kg uglevodli Konsentrat ozuqalarda 0,7 — 1,3 ozuqa birligi va 70—80 g hazm boʻluvchi protein, proteinli Konsentrat ozuqalarda 0,7—1,2 ozuqa borligi va 180— 350 g hazm boʻluvchi protein bor.

Ensiklopediya.uz
KONSENTRAT OZUQALAR