QATTIQ QOTISHMALAR
QATTIQ QOTISHMALAR — yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda oʻz qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli xillarga boʻlinadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor.
Ensiklopediya.uz
QATTIQ QOTISHMALAR