KONTRAKTURA

KONTRAKTURA

KONTRAKTURA (lot. contractura — tortish, tortishish) , chan gak — boʻgʻim harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi. Boʻgʻimning yozilmay yoki bukilmay qolishi Kontrakturaning asosiy koʻrinishlaridandir. Boshqa harakatlar (mas, aylanma va yon tomonga — oʻngga yoki chapga) ham cheklanishi kuzatiladi. Kontraktura tugʻma boʻlishi mumkin, bu rivojlanish nuqsonlari bilan bogʻlangan boʻlib, tuzalmaydi va muayyan aʼzo shakli oʻzgarganicha qoladi, mas, maymoq oyoq. Orttirilgan Kontraktura, koʻpincha, boʻgʻimning shikastlanishi yoki kasalligi, kuyishdan hosil boʻlgan chandiklarning tortishishi, muskullarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Bosh miya shikastlanishi (mas, insult)da ham Kontraktura sodir boʻladi, bunda muskullarni harakatga keltiruvchi nervlar falajlanadi (yana q. Akashak).

Ensiklopediya.uz
KONTRAKTURA