QALQON

QALQON

QALQON, shchit — platformalarning juda yirik strukturasi, pli/ yaalarning aksi. Qalqon agrofida platforma fundamentini tashkil qilgan tokembriy davriga mansub kuchli metamorflashgan kristalli jinslar (granit, gneys, kristalli slaneslar) yer yuzasiga chiqib qoladi. Q, odatda, Yer poʻstining koʻtarilib qolgan oblastlaridan iborat boʻlib, notoʻgʻri shakddagi yassi koʻtarilmalar shaklida boʻladi. Qlarning shakli uzoq vaqt davomida turgʻunlikka ega boʻlishi bilan ajralib turadi. Dastlab «Q» termini Shim. Amerika (Kanada Q.) va Shim. Yevropa (Boltiq Qalqon)dagi tokembriy jinslarining juda katga maydonlarda Yer yuzasiga boʻrtib chiqqan joylari uchun kiritilgan. Yerning qadimiy oʻzaklaridan hisoblangan doʻng joylari: Boltiq, Kanada, Addan va boshqalar Qalqonga misol boʻla oladi. Qlar Yer poʻsti tarixiy taraqqiyotida bir necha marta paydo boʻlgan. Mas, yuqori proterozoy bilan oʻrta paleozoy oraligʻida vujudga kelgan QuramaFargʻona regioni xuddi shunday Qalqon lardan hisoblanadi. Qalqonda oltin, nikel, kobalt hamda mis, qoʻrgʻoshin, rux, temir va boshqalar ruda konlari joylashgan boʻlishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
QALQON