KOLORADO

KOLORADO

KOLORADO — AQSHning gʻarbiy qismidagi shtat. Mayd. 270 ming km2. Aholisi 4,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Denver sh. Shtatning oʻrta qismidan shim. dan janubga tomon Qoyali togʻlar kesib oʻtgan. Sharqida Buyuk tekisliklar, gʻarbida Kolorado platosi joylashgan. Iqlimi moʻtadil, kontinental iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi tekislik va platolarda 0—4°, iyulni-ki 20—22°. Yillik yogʻin 300—400 mm atrofida. Asosiy daryolari: Sautt-Platt, Arkanzas, Rio-Grande va Kolorado. Oʻsimlik dunyosi sharqida dasht, gʻarbida chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan.

Ensiklopediya.uz
KOLORADO