KOLIZEY

KOLIZEY

KOLIZEY, Kolossey (lot. colosscus — ulkan) — Qad. Rimdagi meʼmoriy yodgorlik (mil. 75—80 y. lar). Imperator Tit qurdirgan. Keyinchalik Flaviy amfiteatr» nomi bilan mashhur boʻlgan. Kolizey bal. 57 m, tarhi ellips shaklida (524 m). 4 qatlamli oʻrindiqqa 50 ming tomoshabin joylashgan. Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona boʻlgan. Imperator oʻrindigʻi sahna bilan teng (bal. 3,5 m) boʻlgan. 1-qatlamda imperatorning yaqinlari, 2-qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4 qat-lamda oddiy xalq oʻtirgan. Oʻrindiklar toshdan ishlangan, galereyalarining konstruksiyalari beton va gʻisht bilan mustahkamlangan. Kolizeyning ulugʻvor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori bilan jozibador ishlangan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda foydalanganlar. Kolizey markazidagi sahnada bayram marosimlari, qurbonlik, gladiatorlar jangi, teatr tomoshalari oʻtkazilgan.

Ensiklopediya.uz
KOLIZEY