KEDRIN Aleksandr Veniaminovich
KEDRIN Aleksandr Veniaminovich (1940.11.5, Toshkent) — rassom, keramika ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1965). 1965-y. dan meʼmorlar b-n ijodiy hamkorlik qilgan; u yaratgan sopol buyumlar, namoyonlar turli jamoat binolari («Moviy gumbazlar» choyxonasi, «Chorsu» mehmonxonasi va b.) bilan uygʻunlashgan. Sharq miniatyuralari ruhida ishlangan «Bahrom Goʻr ovda», «Umar Xayyom sheʼrlari» namoyonlari, «Sirli olam», «Zangori togʻlar», «Tuman» kabi devoriy rasmlari va b., oʻzbek kulolligi anʼanalarida yaratilgan roʻzgʻor buyumlari (piyola, lagan, kosa va b.) ranglar harakati, mazmuni va dadil uslubiy izlanishlari bilan diqqatni tortadi.
Ensiklopediya.uz
KEDRIN Aleksandr Veniaminovich