KATAFRAKTLAR
KATAFRAKTLAR (yun. Kataphraktoi – sovutga oʻralgan) — 1) qad. xalqlarda maxsus otliq qoʻshin turi; dastlab forslar, soʻngra ular orqali makedon va suryoniylar qoʻshinida paydo boʻlgan. Katafraktlar mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmida sarmatlar va Oʻrta Osiyoning jan. dagi Parfiya davlatida ham mavjud boʻlgan. Parfiyaliklar Katafraktlardan iborat zarbdor otliq qushini tufayli Rim sarkardasi Krase ustidan mil. av. 53 y. 9-mayda Karri jangiyaa galaba qozonishgan. Rim imperatorlari Adrian va, ayniqsa, Septimiy Sever davrida Rim armiyasida ham joriy etilgan. Katafraktlar otliq qoʻshinidagi jangchilarning tanasini tangachasimon qoplamali sovut, boshlarini sipar dubulgʻa himoya qilgan. Otlar xam temir yoxud misdan yasalgan tangachasimon qoplamali sovut b-n himoyalangan. Katafraktlarning asosiy qurolyarogʻi nayza boʻlgan. Rim armiyasida xizmat qilayotgan xorijiy suvoriylar, koʻpincha, klibanariylar (lot. clibanus — sovut) deb atalgan. Konstansiy II davrida (337—360) kaytadan tashkil etilgan; 2) Yunonistonda mil. av. 3-a. boshlarida paydo boʻlgan yalang sahn — palubali, eshkakchilarni himoyalovchi taxta chetani bor harbiy kema.
Ensiklopediya.uz
KATAFRAKTLAR