QOVUNQOQI

QOVUNQOQI

QOVUNQOQI — pishib yetilgan qovundan tayyorlanadigan qoqi; qovunning quritilgan eti. Qovunqoqi qimmatli oziq-ovqat mahsuloti. Qovun tarkibidagi glyukoza, fruktoza va saxar-za, kletchatka va gemitsellyulozalar, shuningdek, pektinlar saqlanadi. Qovunni oftobda oddiy usul yoki maxsus quritgich shkaflarda quritiladi. Qovunqoqini hamma navlardan tayyorlash mumkin, qovun etining tigʻizlik darajasiga qarab, quritish va qirqishning turli usulidan foydalaniladi. Eti tigʻiz boʻlgan Qizilurugʻ, Oq urugʻ, Koʻkcha, Gulobi va b. navlari oddiy usudda ilmoqlarda, eti boʻsh, yumshoq etli (Bosvoldi, Toshloqi, Gurvak va b.) navlarni soʻkchaklarga yoyib 2—3 kun quritiladi, soʻngra yaxshi qurib yetilishi uchun zanglamaydigan simlarga osib qoʻyiladi.

Ensiklopediya.uz
QOVUNQOQI