QISHKI SAROY

QISHKI SAROY

QISHKI SAROY — Sankt-Peterburg sh. dagi meʼmoriy yodgorlik (1754—62, meʼmori V. V. Rastrelli); barokko uslubida qurilgan. 1917-y. gacha Rossiya imperatorlarining qarorgohi boʻlgan; 1918-y. da qisman, 1922-y. da butunlay bino Ermitaj ixtiyoriga berilgan. Bino toʻrtburchak shaklida ichki hovlili; tarzlari Neva daryosi, Admiralteystvo hamda Saroy maydoniga qaragan. Mahobatli bino hashamdor va bir oʻq yoʻnalishida joylashgan; oʻlchamlari (1000 dan ortiq xona) va turlicha koʻrinishdagi tarzlari, oʻtkir chiqib turgan qismlar, zinapoyasimon burchaklar, oʻzgaruvchan maromdagi ustunlar unga qudratli shakl, salobatlilik va koʻrkamlik baxsh etgan; oʻymakorlik, ganchkorlik bilan ishlanib, zarhallanganligi binoning tantanavorligini oshirgan. Interyerlari bir qancha marotaba qaytadan oʻzgartirilgan (mas, 1837-y. dagi yongʻindan soʻng tarzlari va tantanalar zali taʼmirlangan).

Ensiklopediya.uz
QISHKI SAROY