QIROLICHA MERI YERI

QIROLICHA MERI YERI

QIROLICHA MERI YERI — Sharqiy Antarktidaning 92°03ʻ va 100°04ʻ shq. u. lar oraligʻidagi qismi. Gʻarbda Vilgelm II, sharqda Uilks Yeri bilan chegaradosh. Qirgʻoqlarini Deyvis va Mouson dengizlari yuvib turadi. Hududining aksari qismi qalinligi 2500—3000 m li muz bilan qoplangan, sohil qismida tub jinslar qisman ochilib qolgan. D. Mouson boshchiligidagi Avstraliyaning Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan 1912-y. da kashf qilingan va ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan. Hududda observatoriya ishlab turibdi.

Ensiklopediya.uz
QIROLICHA MERI YERI