QARAGʻAY
QARAGʻAY — qaragʻaydoshlar oilasiga mansub igna bargli daraxtlar va butalar turkumi. Asosan, Shim. Amerika va Yevrosiyoning oʻrmon zonasida, kamroq Shim. yarim sharning tropik va subtropik togʻlarida tarqalgan. 100 ga yaqin turi maʼlum. Rossiyada yovvoyi holda 12 turi va introduksiyalangan 70 turi uchraydi. Oʻzbekistonda Qaragʻay yovvoyi hodda oʻsmaydi. Uning qora Qaragʻay, tilogʻoch, pixta va kedr kabi turkumlarining pallas yoki qrim Q. i oddiy Qaragʻay, shrenk Qaragʻayi turlari oʻstiriladi. Pallas yoki qrim Qaragʻay ining boʻyi 15—20 (30) m gacha. Shoxshabbasi keng, uzun. Ignabarglari 8 — 15 sm, ingichka, qalami, toʻq yashil, qattiq, oʻtkir uchli. Qubbasi yirik, uz. 6—10 sm, eni 4—5 sm, tangachalari rombsimon, yaltiroq, qoʻngʻirsargʻish. Qaragʻay issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik. 150—500 (600) yilgacha yashaydi. urugʻidan koʻpaytiriladi. Shahar koʻchalari, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Qaragʻayning barcha turlari yogʻochi mebelsozlikda, qurilishda, taxta tayyorlash, smola va skipidar olishda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
QARAGʻAY