QOʻSHJONOV
QOʻSHJONOV Matyoqub (1918.5.5, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston — 2005.16.8, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), filol. fanlari d-ri (1972). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—45). Toshhovuz shahridagi Oʻqituvchilar intini (1946), Oʻrta Osiyo un-tining filol. f-tini (1950) tugatgan. Oʻzbekiston KP MK da masʼul xodim (1950-53), Oʻrta Osiyo un-ti (ToshDU)da dotsent (1957— 60), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida katta ilmiy xodim (1960—75), direktor (1975-86), yetakchi ilmiy xodim, ilmiy maslahatchi (1986-y. dan).
Ensiklopediya.uz
QOʻSHJONOV