Koʼz uchishining sabablari
Koʼz uchishining 6 sababi Hech oʼylab koʼrganmisiz: nima sababdan koʼz lipillaydi? Hammasi asabdan, deydi shifokorlar va ularning gapida jon bor. Shunday boʼlsa-da, koʼz uchishining boshqa sabablari ham yoʼq emas.Koʼz uchishining sabablari
DO`STLARGA ULASHING:
• Koʼz toliqishi. Kompyuterda ishlash, xona yorugʼligi yetarli darajada boʼlmagan sharoitda kitob oʼqish koʼz mushaklarini charchatadi. Natijada spazm yuz beradi.
• Toʼyib uxlamaslik. Bu holatda organizmning umumiy toliqishi kuchli stressni yuzaga keltiradi.
• Nevroz. Kishi xatti – harakatlarini nazorat qila olmaganida beixtiyor nerv tolalari tortiladi.
• Kofein, spirtli va gazlangan ichimliklar. Bilasiz, har bir organizm individual tuzilgan. Shunga koʼra, oshqozon – ichak tizimi isteʼmol qilinayotgan mahsulotlarga reaktsiya berishi mumkin.
• Immunitet zaiflashuvi. Infektsion xastaliklardan soʼng immun tizimi sustlashadi. Bu esa organizmda umumiy stressni keltirib chiqaradi.
• Vitamin yetishmovchiligi. Organizm maʼlum guruh darmondorilariga ehtiyoj sezsa, koʼz uchishi kelib chiqadi.
✍️Kaliy bromid koʼz uchishini tez qoldiradi.
Koʼz uchishining sabablari