QUTURGʻURLAR

QUTURGʻURLAR

QUTURGʻURLAR — qad. turkiy qabilalardan biri. Bulgʻor qabilalari guruhiga kirgan. Quturgʻurlar nomi 5-a. oxiri — 6-a. boshlarida manbalarda ilk bor uchraydi. Bu davrda ular Dnepr va Don daryolarining quyi oqimlari atrofida koʻchib yurgan. Vizantiya imperiyasi hududlariga tinimsiz hujum uyushtirgan. 558-y. Q. hukmdori Zabergan hagto Konstantinopolga yurish qilgan. Vizantiya ularga qarshi Azov dengizi atrofida koʻchib yurgan boshqa bulgʻor qabilasi — uturgurlartl gijgijlagan va natijada ular oʻrtasida kurash uzoq davom etib oʻzaro qirilib ketishga olib kelgan. 560-y. Q. avarlar tomonidan boʻysundirilgan va keyinchalik ular Sharqiy, Markaziy va Jan.-Sharqiy Yevropa qabila va xalqlari tarkibiga singib ketgan.

Ensiklopediya.uz
QUTURGʻURLAR