QORAQALPOQ TEATRI

QORAQALPOQ TEATRI

QORAQALPOQ TEATRI, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri — Qora-qalpogʻistonning koʻhna teatrlaridan. 1926-y. «Tong nuri» truppasi asosida tashkil boʻlgan. Tashkshyutchilari Zarip qosimov, Abdiramon Oʻtepov, Qosim Avezov va Asan Begimovlar. Birinchi badiiy rahbari — Zarip Qosimov. A. Oʻte-pov, J. Oymurzayev, G. Ubaydullayev, M. Matjonov, B. Seitov, J. Seitova, T. Seytmamutovlar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. Teatr «Tilak yoʻlida» (Q. Avezov) spektakli bilan ochilgan. Teatr faoliyatini «Odeko-lon», «Ana xolos», «Tengini topgan qiz», «Saidmurod yalqov», «Koʻz boʻya-machi vakil», «Bu kim» kabi spektakllar bilan boshladi. 1930-y. «Qoraqalpoq davlat teatri» maqomi beriladi. 1934-y. Moskva davlat teatr sanʼati in-ti qoshida Qoraqalpoq studiyasi ochiladi. 1939-y. teatrga shu in-tni tugatib kelgan 27 aktyor va rej. lar kelib qoʻshiladi. Bularning orasida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artistlari Yoʻldosh Sharipov. Turesh Ollanaza-rov, Xolmurod Saparov, Yoʻldosh mamutov, Sabirbay Oʻtepbergenov, Madraim Matjonov, Yoqut Ollamurodo-valar bor edi. Teatr hayotida yangi davr boshlanadi. 1939-y. teatrga K. S. Stanislavskiy nomi berildi va teatr «Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va kome-diya teatri» deb yuritila boshladi. «Vassa Jeleznova» (M. Gorkiy), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Kam-bagʻallik ayb emas» (A. Ostrovskiy), «Skapenning nayranglari» (Molyer), «Alpomish» (N. Dovqorayev), «Rus kishilari» (K. Simonov) va b. spek-takllar milliy rejissura va aktyorlik sanʼati balogʻatga yetganligini namoyon qildi.

Ensiklopediya.uz
QORAQALPOQ TEATRI