QIROLICHA MOD YERI

QIROLICHA MOD YERI

QIROLICHA MOD YERI — Sharqiy Antarktidaning 20° gʻ. u. va 45° shq. u. lar oraligʻidagi qismi. Shim. dan Lazarev, Riserlarsen va Kosmonavtlar dengizlari oʻrab turadi. Yer yuzasi 3500 m qalinlikdagi muz bilan qoplangan. Sohilboʻyi qismida bal. 3000 m va undan yuqori boʻlgan alohida togʻ choʻqqilari uchraydi. Rossiya, Germaniya, Hindiston, JAR, Yaponiya davlatlarining ilmiy st-yalari ishlab turibdi. 1930-y. da norveglarning Riserlarsen ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va Norvegiya qirolichasi nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
QIROLICHA MOD YERI