KIMYOVIY INGIBITORLAR

KIMYOVIY INGIBITORLAR

KIMYOVIY INGIBITORLAR — kimyoviy reaksiyalarni sekinlashtiruvchi yoki toʻxtatib qoʻyuvchi moddalar. Faol markaz yoki faol zarrachalar ishtirokida boradigan katalitik va zanjir reaksiyalarda qoʻllaniladi. Kimyoviy ingibitorlar reaksiya jarayonida katalizatorning faol markazlarini toʻsadi yoki faol zarrachalar bilan taʼsirlashib, zanjirni davom ettira olmaydigan nofaol radikallar hosil qiladi va natijada reaksiyaning toʻxtashiga sabab boʻladi. Kimyoviy ingibitorlar sistemaga reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga nisbatan juda kam mikdorda (10~2 — 10 s mol) qoʻshiladi. Kimyoviy ingibitorlar nomaqbul jarayonlarni, mas, metallarning korroziyalanib yemirilishini, yoqilgʻi, surkov moylari va oziq-ovqat mahsulotlarining oksidlanishini sekinlashtirish yoki toʻxtatishda keng qoʻllaniladi. Reaksiyalarning sekinlashuvi yoki toʻxtashi Kimyoviy ingibitorlari,ning mikdoriga, tabiatiga va reaksion muhitga, qoʻshilgan vaqtga, t-raga va Kimyoviy ingibitorlar samaradorligiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar borligiga bogʻliq. Korroziya ingibitorlari metallarni korroziyadan saqlash uchun korrozion faol muhitga qoʻshiladi. Ular metall yuzasiga yutiladi yoki metall ionlari bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar metall yuzasida oʻta yupqa parda hosil qilib, uni himoyalaydi. Mashina detallarini saqlash va tashish vaqtida korroziyadan himoyalash uchun Kimyoviy ingibitorlar keng qoʻllaniladi. Metallarni korroziyadan saklash uchun Kimyoviy ingibitorlar yoqilgʻi, moy va polimer qoplamalarga ham qoʻshiladi.

Ensiklopediya.uz
KIMYOVIY INGIBITORLAR