QOROVUL

QOROVUL

QOROVULXorazm viloyati Urganch tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Urganch (4 km). Qorovuldan viloyat markazi (Urganch sh.) gacha 4 km. Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2005). Aholisi va xoʻjaliklari shovot, Qirgizyop va b. kanallardan suv oladi. Paxta tozalash, gʻisht z-dlari, avtokorxona, «Xorazm — Nurtop» ip gazlama korxonasi, qurilish tashkilotlari, sut va uzumni qayta ishlash sexlari bor. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar ishlab turibdi. Umumiy taʼlim. bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi. madaniyat uylari mavjud. Stadion, sport maydonchatari va b. sport in-shootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi. poliklinika. dorixonalar va b. tibbiy muassasalar axrliga xizmat koʻrsatadi. Qorovuldan Urganchgacha avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
QOROVUL