KANSEPOLSKIY Iosif Samuilovich

KANSEPOLSKIY Iosif Samuilovich

KANSEPOLSKIY Iosif Samuilovich (1903.10.10, Zelva qishlogʻi, Belorussiya — 1976.2.10, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968). Kime fanlari dri (1960), prof. (1967). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1930). Oʻzbekiston FA Kimyo in-tida lab. mudiri (1943—75). Ilmiy ishlari mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida portlandsementning yangi turlarini olish va sanoatda qoʻllashga oid. Kizil qiyaning tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larini portlandsementga gidravlik qoʻshimcha sifatida ishlatib, gliyej — portlandsement sintez qilgan. 1940-y. da bu sement Quvasoyda, 1948-y. dan esa Oʻzbekistonning barcha sement z-dlarida ishlab chiqarila boshlagan. Uning rahbarligida sement korroziyasi va unga qarshi kurash choralarini izlashga doyr fundamental tadqiqotlar oʻtkazilgan.

Ensiklopediya.uz
KANSEPOLSKIY Iosif Samuilovich