KOROLENKO Vladimir Galaktionovich

KOROLENKO Vladimir Galaktionovich

KOROLENKO Vladimir Galaktionovich [1853.15(27).7, Jitomir – 1921. 25.12, Poltava] — rus yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi. Peterburg (1900— 02) va Rossiya (1918) FA faxriy aʼzosi. Ilk hikoyasi — «Izlovchi hayotidan lavhalar» (1879). «Maftunkor» (1880), «Fyodor» (1885), «Koʻr muzikachi» (1886), «Cherkas» (1888), «Ot dovon» (1892), «Goʻng» (1895), «Shuʼlalar» (1901) singari hikoya va qissalarida zulm, zoʻravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni boʻlgan mazlumlar qismati aks etgan. «Zamondoshim tarixi» (1922) avtobiografik asari va b. asarlarida demokratiya va gumanizm gʻoyalari ilgari surilgan. 1920-y. Lunacharskiyga yozgan maktublarida [«Novыy mir» («Yangi dunyo») jur., 1988-y. №10, Moskva] Rossiyadagi inqilob istiqboliga ishonmasligini bayon etgan va fuqarolar urushida bolsheviklarning beboshliklari haqida gʻazab bilan yozib, sudsiz otishlar va bolalarning oʻldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi koʻpgina tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.

Ensiklopediya.uz
KOROLENKO Vladimir Galaktionovich