KONFUTSIY YODGORLIK MAJMUI

KONFUTSIY YODGORLIK MAJMUI

KONFUTSIY YODGORLIK MAJMUIxitoy faylasufi Konfutsiy tugʻilib oʻsgan joy — Syuyfu sh. (Shandun viloyati)dagi meʼmoriy yodgorlik majmui, ziyoratgoh. Majmua ibodatxona, saroy (koʻshk) ansambli va bepoyon daraxtzorlari boʻlgan bogʻxilxonadan iborat 20 ga maydonni egallagan. Undagi koʻpgina bino va alohida hovlilar toshdan qurilgan toqu-ravoqlar, yogʻoch darvozalar, koʻproq, tosh stellalar (eng qadimgisi mil. av. 56 y.), koʻshk, shiyponlar (2—3 katlamli cherepitsa tomli) oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan.

Ensiklopediya.uz
KONFUTSIY YODGORLIK MAJMUI