QUBLA TOZABOGʻ SAROYI

QUBLA TOZABOGʻ SAROYI

QUBLA TOZABOGʻ SAROYI — xorazmdagi meʼmoriy yodgorlik (1893 — 1913); Xiva tumanida joylashgan. Muhammad Rahimxon II ning yozgi qarorgohi. Majmua har biri 0,5 ga qurilish may-doniga ega boʻlgan 2 qismdan iborat hududni birlashtirgan; majmuadagi turli kattalikdagi 3 hovli atrofi oldi ayyunli 2 qavatli turar joy va b. xonalar bilan oʻralgan. Hovlilar oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan. Majmua tarkibidagi eng hashamdor hovlida yevropacha uslubdagi katta derazali qabulxonalar joylashgan, hovli oʻrtasida hovuz bor. Qabulxonalarning asosiysiga mahobatli gʻishtin peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq tarzi koʻk va oq parchinlar, silliqlangan gʻishtlar b-n, saroy xonalari zarhallangan ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, shiftlari xalq meʼmorligining eng yaxshi anʼanalarida ziynatlangan.

Ensiklopediya.uz
QUBLA TOZABOGʻ SAROYI