QARSHI TUMANI
QARSHI TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1931 yil 1-oktyabr da tashkil etilgan. Shim. dan Koson, shim. sharqdan Chiroqchi, sharqdan Qamashi, Gʻuzor, jan. dan Nishon, gʻarbdan Kasbi tumanlari bilan chegaradosh.. Mayd. 0,9 ming km2. Aholisi 177 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Beshkent), 15 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻobod, Dasht, Yertepa, Kat, Kojar, Nuqrobod, Paxtakor, Poshton, Talliqoʻrgʻon, Xonobod, Charogʻil, Choʻliboʻston, Qovchin, Qoratepa, Hilol) bor. Markazi — Beshkent shahri Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryoning eng quyi oqimidagi tekislikda joylashgan (eng baland joyi 387 m). Oʻrqir joylar (Mullaquvvat qirlari, bal. 424 m, Qoʻngʻirtogʻ, bal. 571 m), botiqlar (Charogʻil botigʻi) va shoʻrxoklar bor. Tuman hududi orqali Qashqadaryo va uning irmoqlari, Fayziobod, Patron—Beshkent va boshqalar kanallar oqib oʻtadi. Gazneft, qoʻngʻirtosh, shagʻal qazib olinadigan konlar bor. Iqlimi kontinental. Qishi iliq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0°, 2°. Baʼzan, —22°, —27° gacha sovuq boʻlishi mumkin. Yozi issiq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28,8°, eng yuqori t-ra 47°. t-ra 5° dan yuqori boʻlgan kunlar soni 284 —298 kunni tashkil etadi. Yillik yogʻin 190 — 220 mm. Tuprokdari unumdor boʻz tuproqlardan iborat. Daryo vodiysida oʻtloq, allyuvial, Charogʻil botigʻida shoʻrxok tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, yantoq, oqquray, kovrak, qargʻaoyoq, qamish, shoʻrajriq, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻshoyoq, jayra, yumronqoziq, echket; mar, qum boʻgʻma iloni uchraydi.
Ensiklopediya.uz
QARSHI TUMANI