QAYCHI
QAYCHI — turli materiallarni kesish (qirqish) uchun ishlatiladigan asbob. Dastlabki Qaychi bir-biriga egiluvchan yoysimon metall plastina bilan biriktirilgan ikki pichokdan iborat boʻlgan, hozirgi Qaychi larga oʻxshash (sharnirli biriktirilgan 2 pichoqdan iborat) Qaychi mil. av. 8-asrda Yaqin Sharqda yaratilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Hunarmandchilik (kosibchilik, tikuvchilik, tunukasozlik, bogʻdorchilik va boshqalar kasblar) rivojlangan sari Q. ning turi ham koʻpaya borgan (chevarlar Qaychisi, tok Q, tunuka Q. va boshqalar). Sanoat rivojlana boshlagach (18-asr 60-y. laridan boshlab), mexanik Qaychilar paydo boʻddi. Keyinchalik (19-asr 30—40y. lari) elektr Q. lar yaratildi. Hozir Qaychining dastaki, mexanik va elektr turlari mavjud.
Ensiklopediya.uz
QAYCHI