QOʻSHMA GAP
QOʻSHMA GAP — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda galdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, Qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, Qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz Qoʻshma gap ; bogʻlangan Qoʻshma gap ; ergashgan Qoʻshma gap
Ensiklopediya.uz
QOʻSHMA GAP