KASSEL

KASSEL

KASSEL — Germaniyadagi shahar, Gessen yerida, Fulda daryosi boʻyida. Aholisi 198 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Transport mashinasozligi (lokomotivsozlik, vagonsozlik va avtomobilsozlik), elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati, asbob-uskunalar, kimyoviy tolalar i. ch. korxonalari mavjud. Davlat badiiy toʻplami, Gessen yeri muzeyi, Yangi galereya bor. Shaharga 10-a. da asos solingan. 13—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Ensiklopediya.uz
KASSEL