KAPITAL QOʻYILMALAR

KAPITAL QOʻYILMALAR

KAPITAL QOʻYILMALAR, kapital mablagʻlar — i. ch. va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obyektlarni qurishga sarf qilinadigan, i. ch. ga qoʻyilgan mablagʻ. Kapital qoʻyilmalar davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar, banklarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amortizatsiya fondlari, aholi jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi. Kapital qoʻyilmalar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi. Kapital qoʻyilmalar dastlab pul shaklida boʻlib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar i. ch. ning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqgisodiy oʻsish yuz beradi.

Ensiklopediya.uz
KAPITAL QOʻYILMALAR