QUYOSH DOGʻLARI

QUYOSH DOGʻLARI

QUYOSH DOGʻLARIQuyosh fotosferasida kuzatiladigan tim qora detallar. Quyosh dogʻlari pora deb ataluvchi kichik qora nuqtalar (oʻlchami 1000 — 2000 km) koʻrinishida paydo boʻladi. Dogʻ kun sayin kattalashib, diametri = 5000 km ga yetgach, yarimsoya bilan oʻraladi. Eng katta Quyosh dogʻlarining diametri 20000 km gacha yetadi. Hozirgacha kuzatilgan eng katta dogʻning oʻlchami 100000 km ga yetgan. Quyosh dogʻlarining kichiklari bir sutkagacha yashaydi. Quyosh dogʻlari koʻpincha katta va kichik dogʻlardan iborat guruhlarni tashkil qiladi. Bu guruhlar Quyosh gardishida juda katta maydonlarni egallashi mumkin. Guruhlar 3 — 4 hafta, baʼzilari 3—4 oygacha ham yashashi mumkin. Quyosh dogʻlari Quyosh ekvatorining ikkala tomo-nidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni oʻz ichiga olib, dogʻ das-tlab quyi kenglamada paydo boʻladi. Quyosh dogʻlarini birinchi boʻlib 1611-y. da G. Galiley teleskop yordamida kuzatgan. Nemis astronomi G. Shvabe esa 1843-y. da Quyosh dogʻlarining soni oʻzgarishini topgan. 1913-y. da amerikalik astronom J. Xeyl Quyosh dogʻlari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligi va fraungofer chiziqlarinit Zeyeman effektilsh ajralishi tufayli Quyosh sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf qilgan. Magnit maydonlari Quyosh qaʼridan fotosferaga chiqayotgan energiya oqimini kamaytiradi va oqibat-da, ularning yuzaga chiqish joyida t-ra pasayib ketadi. Quyosh dogʻlari oʻzagi foto-sferadan 5-marta xira, yarimsoya esa oʻzakdan 4-marta yorugʻ. Quyosh dogʻlari oʻzagining t-rasi fotosfera trasidan 1000 — 2000 K ga past (4500 K va undan kam). Q. d. ning oʻrtacha yillik soni davriy ravishda 11 yilda oʻzgarib turadi. 20-a. ga kelib bundan ham uzoqroq (22, 80, 90, 600-yillik) davrlar topilgan.

Ensiklopediya.uz
QUYOSH DOGʻLARI