KAP-AITYEN

KAP-AITYEN

KAP-AITYEN — Gaitidagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Aholisi 100,6 ming kishi (1995). T. y. stansiyasi. Dengiz porti (chetga kofe, shakarqand, xoʻl meva chiqaradi). K – x – rayoni markazi (sizal, shakarqamish, kofe, kakao, banan, tamaki va b.). Kofe, kakao, shakarqamishni qayta ishlovchi korxonalar mavjud. K.-A. yaqinida mis konlari bor. Shaxarga 1670-y. da asos solingan. Mustamlakachilik davrida Kap-Franse deb atalib, San-Domingo fransuz mustamlakasining maʼmuriy markazi boʻlgan. 1807—20 y. larda «Gaiti davlati» poytaxti edi. Shahar atrofida oʻsha davrlarga oid tarixiy yodgorliklardan La-Faryer qalasi krldiqlari va SanSusi saroyi saqlangan.

Ensiklopediya.uz
KAP-AITYEN