KANURI

KANURI

KANURI (oʻzlarini beri-beri, aga deb ataydilar) — xalq. Asosan, Nigeriyada (5,1 mln. kishi), shuningdek, Niger, Chad, Kamerunda yashaydi. Umumiy soni 6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kanuri tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Kanuri larning ajdodlari qadimdan Chad koʻli atrofidagi hududlarda yashashgan. Sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi.

Ensiklopediya.uz
KANURI