QORAQURUM

QORAQURUM

QORAQURUM (moʻgʻulcha Xara-Xorin) — Moʻgʻullar davlati poytaxti. Qoraqurum xarobalari Xangay togʻi sharqiy etaklarida, Urxun daryosi yuqori oqimi boʻyida joylashgan. Qoraqurum haqidagi maʼlumotlar xitoy solnomalari va 13-a. Yevropa sayyohlari Plano Karpini, Marko Polo (1253), V. Rubruk, shuningdek, Juvayniy, Abulgʻoziy asarlarida qayd etilgan. Juvayniyning yozishicha, dastlab Urxun daryosi boshlanadigan togʻlar shunday atalgan. Qoraqurumning uz. 1/2 farsaxni tashkil etgan. Shahar qisqa muddat ravnaq topgan davrda koʻp qurilish ishlari olib borilgan. Xitoy va musulmon ustalari tomonidan koʻplab saroylar qurilgan. Qoraqurumdan 2 farsax sharqda Targʻubaliq (qimmatbaho mato shahri) qasri boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
QORAQURUM