QORAQULOQ

QORAQULOQ

QORAQULOQ, karakal — mushuklar urugʻiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uz. 65 — 82 sm, dumi 25—30 sm. Tashqi koʻrinishi qisman silovsinga oʻxshaydi; qulogʻi uchida qora tuklari bor, lekin dumi toʻmtoq emas. Yungi kalta. Afrika va Osiyo choʻllarida yashaydi; Oʻrta Osiyoda Turkmaniston jan. da uchrashi mumkin. Quyon, mayda kemiruvchilar (qum-sichqonlar) va qushlarni tutib yeydi. Soni kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Ensiklopediya.uz
QORAQULOQ