QORAMOLCHILIK

QORAMOLCHILIK

QORAMOLCHILIK — chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va b. xom ashyo bilan taʼminlaydi. q. chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qoramolchilik xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut isteʼmol qilina boshlagach, odamlar undan yogʻ, pishloq va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻrgandilar, natijada sut Qoramolchilik ining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi.

Ensiklopediya.uz
QORAMOLCHILIK