QON AYLANISHI

QON AYLANISHI

QON AYLANISHIyurak qisqarishi tufayli qonning qon oʻtkazish sistemasida harakatlanishi. Qon aylanishi organizm toʻqimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi va gomeostaz turgʻunligini taʼminlaydi. Qon toʻqimaga kislorod, suv, oqsil, uglevodlar, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar va b. olib keladi va toʻqimadan karbonat angidrid hamda moddalar almashinuvida paydo boʻlgan boshqa chiqindi moddalarni olib ketadi. Termoregulyatsiya va gumoral regulyatsiyaii amalga oshiradi. Immunitetning muhim omilidir. Qon aylanishini 1628-y. ingliz vrachi U. Garvey kashf qilgan.

Ensiklopediya.uz
QON AYLANISHI