QISHLOQ XOʻJALIGI GEOGRAFIYASI

QISHLOQ XOʻJALIGI GEOGRAFIYASI

QISHLOQ XOʻJALIGI GEOGRAFIYASI — q. x. ni hududiy tashkil etish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan sohasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmogʻi. turli mamlakat va rayonlar q. x. ni majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit va resurslarni q. x. nuqtayi nazaridan baholashga doir tadqiqotlar olib boradi. Qishloq xoʻjaligi geografiyasi iqtisodiyotning tarmogʻi sifatida aholining q. x. mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilib, q. x. joyning agroiqlimiy resurslari bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, yer q. x. ishlab chiqarishida mehnat vositasi hamda predmeti hamdir. Qishloq xoʻjaligi geografiyasi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishiga joyning tabiiy sharoiti (asosan, relyefi va iqlimi), resurslari (yer, suv, hayvon va oʻsimliklari), ijtimoiy-iqtisodiy, transport, ekologik va b. omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
QISHLOQ XOʻJALIGI GEOGRAFIYASI