QISQICHBAQASIMONLAR
QISQICHBAQASIMONLAR, qisqichbaqalar — boʻgʻimoyoqlilar tipining sinfi. 30000 ga yaqin turi bor. Uz. mm ning bir boʻlagidan 80 sm, baʼzi gurlari (mas, yapon kra-bi) oyoqlari yoyilganida tanasining kengligi 3 m ga yetadi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, odatda, 3 boʻlim: bosh, koʻkrak va qorin farq qilinadi; xitin sovut bilan qoplangan. Bir xil Qisqichbaqasimonlarning yaxlit bosh kapsulasi (sinsefalon) antennulalarga ega boʻlgan bosh oʻsimtasi va 4 bosh boʻgʻimidan iborat. Bosh boʻgʻimlarida antennalar, bir juft yuqori jagʻ, 2 juft pastki jag joylashgan. Boshqa Qisqichbaqasimonlarning akron va antennal boʻgʻimdan iborat birlamchi boshi (prototsefalon) jagʻ boʻgʻimlari (gnatotsefalon) bilan harakatchan qoʻshilgan. Odatda, Qisqichbaqasimonlar koʻkragining bir necha boʻgimlari bosh bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi, ularning oʻsimtalari esa oziqni maydalovchi va ogʻizga suruvchi oyoq jagʻlarga aylanadi. Koʻpchilik Qisqichbaqasimonlar boshining keyingi qismi va koʻkrak boʻlimi yon va ustki tomondan qalqonsimon, ikki tavaqali yoki yarim silindr shaklidagi xitinlashgan sovut bilan qoplangan. Ayrim Qisqichbaqasimonlar (mas, shoxdor moʻylovdilar boshi choʻziq pastga egilgan tumshuq — rost-rumga aylangan. Qisqichbaqasimonlarning turli guruhlarida koʻkrak va qorin boʻgʻimlari soni va oyoqlarining tuzilishi har xil. Tuban Qisqichbaqasimonlar koʻrkak oyoqlari harakatlanish, nafas olish va oziqni ogʻizga surish vazifasini bajaradi. Birmuncha yuksak tuzilgan Qisqichbaqasimonlarda bu vazifalarni har xil oyoqlar bajarada. Faqat yuksak Qisqichbaqasimonlar uchun xos boʻlgan qorinoyoqlar nafas olish, urugʻlantirish, tuxumlarni olib yurish. baʼzan harakatlanish vazifasini bajaradi. Oxirgi qorinoyoqlar (uropodlar) koʻpincha anal boʻlagi bilan birga dum suzgich — telsonni hosil qiladi. Koʻpchilik Qisqichbaqasimonlar telsonida ayri oʻsimta boʻladi.
Ensiklopediya.uz
QISQICHBAQASIMONLAR